Ulug’bek Rahmatullayev kuzda yakkaxon konsertini taqdim etadi, batafsil xabarlarimizda
Сана: 06.08.2024
1346
қайноқ
O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Ulug’bek Rahmatullayev muxlislarini quvontirishda davom etadi. Xonanda kuz faslida muxlislari bilan diydorlashishga qaror qildi. U 8-noyabrdan 14-noyabrgacha “Xalqlar do’stligi” saroyida “Unutilmas noyabr” deb nomlangan yangi konsert dasturini taqdim qiladi. Xonanda bu yilgi konsert dasturiga boshqacha shijoat bilan yondashganini aytib o’tdi. Shunday ekan, konsert ham boshqacha bo’ladi. Ulug’bek Rahmatullayevga omad tilaymiz va konsertda ko’rishguncha deb qolamiz.