Ulug‘bek Rahmatullayevdan yangi tarona — “Bu ko‘zlar”!

Сана: 28.10.2026 0 қайноқ

Ulug‘bek Rahmatullayevdan yangi tarona — “Bu ko‘zlar”!

Yakkaxon konsert dasturiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rayotgan xonanda Ulug‘bek Rahmatullayev yangi qo‘shiqlar ustida ham ishlashda davom etmoqda. San’atkorning navbatdagi ijod mahsuli “Bu ko‘zlar” deb nomlangan.

 

Qizig‘i, xonanda ushbu taronani muxlislariga aynan konsert dasturida ilk bor taqdim etishni rejalashtirgan. Qo‘shiqdan e’lon qilingan qisqa parchaning o‘ziyoq tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Raqsbop ohang va jo‘shqin kayfiyatga boy ushbu tarona yangi xitga aylanishga da’vogardek!

Demak, Ulug‘bek Rahmatullayevdan yana bir musiqiy yangilik kutilmoqda. “Bu ko‘zlar” premyerasini intiqlik bilan kutib qolamiz!

Манзил:

Маъмурият билан алоқа

Сайт маълумотларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда, манба кўрсатилиши шарт.

Алоқа:

e-mail:info@popcorn.uz

Stop 00:00:00 Vol