Ulug‘bek Qodirovdan yangi tarona — “Sunnat to‘y”
Сана: 26.10.2026
6
қайноқ
Xonanda va aktyor Ulug‘bek Qodirov ham muxlislarini navbatdagi ijod mahsuli bilan quvontirdi. “Sunnat to‘y” deb nomlangan yangi qo‘shiq tinglovchilar tomonidan iliq kutib olindi.
Taronaga ishlangan videoklip ham tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Quvnoq kayfiyat va to‘yona shukuhni o‘zida mujassam etgan ushbu musiqiy asar bayramlarimizga yanada fayz bag‘ishlashi shubhasiz.
O‘ylaymizki, “Sunnat to‘y” xalqimizning eng quvonchli kunlari, oilaviy tantanalar va to‘y marosimlarida yangraydigan sevimli taronalardan biriga aylanadi.
Siz ham yangi qo‘shiqni tinglang, klipni tomosha qiling va baho bering!
