Nilufar Usmonova yangi qo‘shiqlar ustida ishlamoqda
Сана: 11.07.2026
3
қайноқ
O‘zbek estradasining guli Nilufar Usmonova muxlislariga navbatdagi ijodiy yangilikni tayyorlamoqda. Xonanda kuni kecha ovoz yozish studiyasidan videolavha ulashib, bir nechta yangi qo‘shiqlar ustida ishlayotganini ma’lum qildi. E’tiborli jihati shundaki, studiyada xonanda Aziz Yuldashev ham ko‘rinish berdi. Bu esa muxlislar orasida yangi duet tarona taqdim etilishi mumkinligi haqidagi taxminlarni yanada kuchaytirdi. Hozircha ijodiy loyihalar tafsilotlari sir tutilmoqda. Demak, Nilufar Usmonovaning navbatdagi premyeralarini tez kunlarda kutib qolamiz.
