Ozodbek Nazarbekov endi nafaqat vazir, balki faxriy professor
Xalqimiz sevgan san’atkor Ozodbek Nazarbekov endilikda nafaqat Madaniyat va Turizm vaziri, balki faxriy professor! Tabriklaymiz.
Ozodbek Nazarbekov: Bir paytlar abiturient bo`lganimda ushbu dargohga kirib-chiqayotgan talabalarga havasim kelgan. Keyinchalik bu baxt o`zimga ham nasib etdi. O`sha vaqtdagi quvonchu hayajonimni so`z bilan ifodalab bo`lmasdi...
Bugun kutilmaganda qachonlardir talabasi bo`lganim oliy ta’lim dargohi sahnasida turib, faxriy professor unvonini qabul qildim. Bu menga har bir talaba kun kelib yuksak marralarga erishishi, rahbar, vazir va yana boshqa mavqeni egallashi mumkinligini ko`rsatdi.
Men barcha yoshlarimizga shunday quvonchli onlar nasib etishini, orzulari amalga oshishini, hayotda munosib o`rinlarini topishlarini tilayman. Bu ularning yaqinlari, ota-onasiga ham olam-olam quvonch bag`ishlashi, shubhasiz.
E’tirof uchun O`zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti jamoasiga samimiy minnatdorlik bildiraman.
Yoshlarga bilim berish, kasbidan baxt topishni o`rgatish, eng muhimi, maqsadi yo`lida katta ishonch uyg`otib, shijoat bilan intilishiga kuch berishdan aslo charchamang!