Kaniza hammani yangi qo’shig’I bilan raqsga chorladi

Сана: 22.02.2023 796 қайноқ

Kaniza hammani yangi qo’shig’I bilan raqsga chorladi

Xonanda Kaniza kuni kecha  navbatdagi taronasi hamda unga ishlangan klipni xalqimizga taqdim qildi. Ilk jarangidayoq a’lo kayfiyat bag’ishlagan musiqiy asar, iliq fikrlar bilan qarshi olindi. Sho’x, raqsbop taronaga ishlangan klip xonandaning barcha muxlislarini lol qoldirdi desak adashmaymiz. Kaniza klipda bir nechta betakror obrazlarda ko’rinish bergan. Ushbu klipdan so’ng Kanizaning raqs sohasiga o’zgacha mehri bor ekaniga yana bir bor amin bo’lasiz.

 

Kaniza hammani yangi qo’shig’I bilan raqsga chorladi

“Bu qo’shiqni eshitganimizda, klipimiz uchun jamoamiz bilan faqat raqsni tasavvur qildik. Bu tarona bilan sizga na sevgi dardini,  na ayriliq, na sog’inchni his ettirishni xohlamayman. Shunchaki hamma raqsga tushsin” – deydi Kaniza yangi ijod mahsulini taqdim etar ekan.

Манзил:

Маъмурият билан алоқа

Сайт маълумотларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда, манба кўрсатилиши шарт.

Алоқа:

e-mail:info@popcorn.uz

Stop 00:00:00 Vol