Nilufar Usmonova tez kunda yangi loyihasini ishga tushiradi

Сана: 20.01.2023 1094 қайноқ

Nilufar Usmonova  tez kunda yangi loyihasini ishga tushiradi

O’zbek estradasining guli Nilufar Usmonova bir nechta yangi loyihalar ustida qizg’in ish olib bormoqda. Ijodiy yangiliklar bilan birga, u yana bir yangi sohada ish boshlamoqda. Xonandaning ma’lum qilishicha, yaqin kunlarda uning yangi “Home Décor” yo’nalishidagi do’koni ishga tushadi.

“Hayotimda ilk bor tadbirkorlikka qo’l urmadim. Juda ko’p sohada o’zimni sinab ko’rganman. Ayrim sohalarda muvaffaqiyatsizlikka uchragan bo’lsam, boshqasida omadim kelib, ishim gurkirab ketgan. Ba’zilari menga to’g’ri kelmagan. Buni qarangki “Home decor” loyihasi bilan ilk bor shug’ullanishim. Ishoning 0 dan boshlayapman. Ko’rib turganingizdek, kargodan chiqqan chang-tuproq karobkalarni ham o’zim ochib, ko’rib, ham ishlab, ham rohatlanyapman. Albatta bunda menga katta ko’mak berayotgan yaqinlarim bor, ulardan yangiliklarni o’rganib pog’onama pog’ona oldinga qarab yuryapman. Tadbirkorlikda “Home decor” yo’nalishi menga juda yoqyapti. Tez kunda kutib qoling”- deydi xonanda qoldirgan xabarida.

Xonandaga boshlagan ishida omad tilab qolamiz. Kuzatishda davom eting.

 

Манзил:

Маъмурият билан алоқа

Сайт маълумотларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда, манба кўрсатилиши шарт.

Алоқа:

e-mail:info@popcorn.uz

Stop 00:00:00 Vol