“Sukunat” nihoyat ekranlarda!
Yangi milliy teleserial “Sukunat” nihoyat tomoshabinlar bilan uchrashdi! Serial hali ekranga chiqmasidanoq ko’pchilikni e’tiborini tortgan edi. Ammo ilk qism namoyishidan keyin loyihaga bo’lgan qiziqish yanada oshdi. Ayniqsa, muxlislar Jamshid Babajanov bu safar qanday obraz bilan ekranlarga qaytishini intiqlik bilan kutishgandi. Va ilk qismdayoq bu savolga javob olishdi. Bir qator film va teleseriallarga rejissyorlik qilgan Durdona To‘laganovaning ushbu loyihasida bosh rollarni Ubaydulla Omon, Rano Shodiyeva, Rixsitilla Abdullayev va Jamshid Babajanov ijro etmoqda. Demak, “Sukunat” nomi sokin bo‘lsa-da, serialning o‘zi ancha shov-shuvli boshlanganga o‘xshaydi! Siz “Sukunat”ning ilk qismlarini ko‘rdingizmi? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring va obuna bo‘lishni unutmang!
