Tez kunda kinopremyera - "Tanlov"

Сана: 24.06.2024 680 қайноқ

Tez kunda kinopremyera - "Tanlov"

 

Tez kunda "Tanlov" nomli yangi film katta ekranga chiqadi. Ushbu badiiy film Abbos Abdullayev rejissyorligida suratga olingan. Kinokartina kriminal, drama janrida ishlangan bo'lib, tomoshabinni ogohlikka chorlaydi.

 

Filmda mahoratli aktyorlar jamlangan. Jumladan O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlar Behzod Muhammadkarimov, Ra’no Zokirova, shuningdek, Sitora Alimjonova, Rayhon Asadova, Mirolim Qilichev, Merdan Metvaliyev va boshqalar ishtirok etishgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, filmning taqdimoti  29-iyun kuni, O’zbekiston Milliy kino san’at saroyida bo’lib o’tishi rejalashtirilgan.

Манзил:

Маъмурият билан алоқа

Сайт маълумотларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда, манба кўрсатилиши шарт.

Алоқа:

e-mail:info@popcorn.uz

Stop 00:00:00 Vol