Lola konsert dasturiga qizg’in tayyorlanmoqda

Сана: 20.05.2024 1824 қайноқ

Lola konsert dasturiga qizg’in tayyorlanmoqda

Yaqindagina “Sogʻinch” nomli afsonaviy xit qoʻshigʻining yangilangan namunasi uchun ishlangan klipni taqdim etgan, koʻplab muhlislarning sevimli xonandasi Lola sir emaski, sentabr oyining 27, 28, 29-kunlari Xalqlar Doʻstligi Saroyida yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi.

Ma’lumotlarga qaraganda, xonanda oʻz muhlislari uchun keng miqyosli “L.O.L.A.”– texnologik shousini tayyorlamoqda.“L.O.L.A.” – bu nafaqat konsert, balki estrada yulduzining dil izhoridir. Aslida ushbu musiqiy spektakl xonanda hayotining toʻrtta ahamiyatli bosqichiga bagʻishlanadi. Uning boʻlajak shousida barcha tomoshabinlar qaygʻudan quvonchgacha, lirikadan drayvgacha, sevimli xitlardan tortib, yangi qoʻshiqlargacha boʻlgan hissiy sayohatni boshidan kechiradi. Hozirda xonanda saund-prodyuseri bilan barchaga sevimli boʻlgan kompozitsiyalarning yangi ohangi ustida faol ish boshlagan!

“Har bir qoʻshiq – bu murojaatdir. Men tomoshabinga samimiy va sof, mehr bilan shaxsan murojaat etaman. Aminmanki qoʻshiqlarim har bir tinglovchining ichki kechinmalari bilan hamohang boʻladi va konsertda biz albatta joʻr boʻlib kuylaymiz”, – deya Lola Yuldasheva oʻz shousi haqida soʻzlaydi.

      Lolaning konsertiga chiptalarni Payme toʻlov tizimi ilovasi orqali xarid qilish mumkin.

Манзил:

Маъмурият билан алоқа

Сайт маълумотларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда, манба кўрсатилиши шарт.

Алоқа:

e-mail:info@popcorn.uz

Stop 00:00:00 Vol