Benom guruhining "The Best-2" konsert daturiga oz qoldi

Сана: 28.03.2024 609 қайноқ

Benom guruhining "The Best-2" konsert daturiga oz qoldi

Benom guruhi  1, 2, 3, 4, 5-may kunlari “Xalqlar do’stligi” saroyida  “The Best-2” deb nomlangan konsert dasturini taqdim etadi. Ushbu nom ostida taqdim etilgan ilk konsert yuqori kayfiyatda bo’lib o’tgan edi. 

 

Navbatdagi dasturda ham guruh repertuaridagi eng sara va xit taronalar o’rin oladi. Jonli ijrodagi mazkur konsert so’zsiz a’lo darajada o’tadi. Sarvar va Komilning shu kungacha taqdim etib kelgan o’nlab konsert dasturi natijalari so’zimizning isboti bo’la oladi. Demak, birga kuylaymiz, yig’laymiz, kulamiz va sog’ingan qo’shiqlar qanotida xotiralarni yodga olamiz. Benom guruhiga omad tilaymiz, konsertda ko’rishguncha!

 

 

Манзил:

Маъмурият билан алоқа

Сайт маълумотларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда, манба кўрсатилиши шарт.

Алоқа:

e-mail:info@popcorn.uz

Stop 00:00:00 Vol