Nilufar Usmonova qo’shiqlar taqdimotini o’tkazdi
25-yanvar kuni poytaxtimizdagi Ramada mehmonxonasining 11-qavatida xonanda Nilufar Usmonova bir nechta qo’shiqlarini premyerasini o’tkazdi. Taqdimotga xonandaning fan club a’zolari, do’stlari hamda OAV xodimlari tashrif buyurishdi. Nilufar Usmonova “Musofir ayol” taronasi bilan birga 4 ta “Yur”, “Ozodman”, “Qachon sezadi”, “Yonib yonib” ashulalarning yangicha talqinini premyera qildi.
Shu bilan birga Fan Clubining eng faol a’zolarini turli nominatsiyalar bilan taqdirladi. Bu hali hammasi emas. Xonanda muxlisiga chet elga sayohat uchun sertifikat ham taqdim qildi. Bundan tashqari, u bisotidagi bundan 10 yil oldin yozilgan qo’shiqlaridan ham taqdim qildi. Biri “Otmagay tong”, yana biri esa “Tuyuqlar”.
“Allaqachon yangi ijod mahsullarim haqida iliq fikrlarni qabul qilmoqdaman. Bu esa meni judayam ruhlantirmoqda. Ayniqsa musofirchilikda yurgan ayollarimizga yoqqanidan baxtliman.” – deydi xonanda taassurotlarini bo’lishar ekan. Xonandaga omad tilaymiz va yangi taronalar albatta muxlislar qalbidan munosib o’rin olishiga ishonamiz.