2022 YILNING ENG YAXSHI KLIPLARI TOP 5 TALIGI

Сана: 13.01.2023 1845 қайноқ

2022 YILNING ENG YAXSHI KLIPLARI TOP 5 TALIGI

2022-yilda xonandalar samarali ijod qilib, ko’plab yangi qo’shiqlar, kliplarni muxlislariga taqdim etishdi. Mazkur kliplar ichida ko’plab tomoshabinlar e’tiborini tortganlari talaygina. Biz ana shunday kliplar ya’ni eng ko’p tomosha qilingan video asarlar TOP 5 taligini sizlarga taqdim etamiz. Ushbu ketma ketlik Youtube videoxostingidagi ko’rilganlar soniga qarab tuzildi. Marhamat tanishing.

5-o’rin estradamizning beqiyos yulduzi Rayhonning “Aldandim” videoklipi bilan band etildi. Ushu klip 2022-yil 8-iyun kuni Youtube videoxostingiga joylashtirilgan.  Bugungi kungacha tomosha qilganlar soni 23 milliondan ortiqroq.

4-o’rin yosh va iste’dodli xonanda Jaloliddin Ahmadaliyevning “Nigoro” taronasiga ishlangan videoklipga nasib etdi. Klip Youtube videoportaliga 16-aprel kuni joylashtirilgan. Tomosha qilganlar soni 29 milliondan ko’proq.

3-o’rinni yosh ijodkor, qolaversa xonanda, bloger Azodaning “Sog’inasan” videoklipi egalladi.  Video asar 2022-yil 8-iyulda joylashtirilgan. Tomosha qilganlar soni 30 milliondan ko’proq.

2-o’rin iste’dodli xonanda Doston Ergashevning  “Ko’zmunchog’im” klipi bilan band qilindi. Ushbu videoklip  2022-yil 25-aprel kuni joylashtirilgan. Tomosha qilganlar soni 62 milliondan ko’proq.

1-o’rinni esa serqirra ijodkor Hamdam Sobirovning “Tentakcham” klipi egalladi. Mazkur klip 2022-yil 5-fevral kuniYoutube videoxostingiga  joylashtirilgan. Tomosha qilganlar soni 84 milliondan ko’proq.

Манзил:

Маъмурият билан алоқа

Сайт маълумотларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда, манба кўрсатилиши шарт.

Алоқа:

e-mail:info@popcorn.uz

Stop 00:00:00 Vol