TURK STARS NEWS: Engin Akyürekga kutilmagan tug'ilgan kun hadiyasi
Сана: 05.09.2025
6
қайноқ
Engin Akyürekning muxlislaridan juda ham ajoyib tug’ilgan kun tabrigi keldi.
Mashxur aktyor Engin Akyürekning 8 tilga tarjima qilingan "Sessizlik" kitobidan kelgan ham mahalliy ham xalqaro gonorarni Darüşşafaka’ga xayriya qilgan muxlislari, aktyorning tug’ilgan kuni munosabati bilan yana bir o’ziga xos aksiya o’tkazishdi. Aktyorning tug'ilgan kunini nishonlash uchun muxlislari Engin Akyürek nomi bilan Darüşshafaka talabalari uchun xalqaro pul yig'ish kampaniyasini tashkillashtirishdi. Ushbu kampaniyaga dunyoning turli davlatlarida yashaydigan muxlislari o’z hissasini qo’shdi va aksiyadan tushgan mablag‘ 1000 dan ortiq o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun jamiyatga o‘tkazildi.