“Milliy brendlar orqali global bozorga: Sirdaryoda tadbirkorlarning huquqlari va biznes imkoniyatlari”mavzusida press-tur tashkil qildi.
Biznes-ombudsman devoni bugun Sirdaryo viloyatida ommaviy axborot vositalari (OAV) vakillari uchun “Milliy brendlar orqali global bozorga: Sirdaryoda tadbirkorlarning huquqlari va biznes imkoniyatlari”mavzusida press-tur tashkil qildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – tadbirkorlarga yaratilayotgan sharoitlarning amaldagi natijasini Sirdaryo viloyati misolida ko‘rish, Biznes-ombudsmanning tadbirkorlik subyektlarini himoya qilishdagi rolini yoritish, OAV vakillari bilan hamkorlikni mustahkamlash hamda ularning bu boradagi savodxonligini oshirishdan iborat bo‘ldi. Shuningdek, tadbir doirasida OAV xodimlari Sirdaryodagi bir nechta korxonalar faoliyati bilan, qolaversa xonadonlar tomorqasida Sayxunobod tajribasi asosida tashkil etilgan issiqxona hamda parrandachilik obyektlariga tashrif buyurib, qilingan amaliy ishlar bilan tanishildi.