O‘zbekiston va Tojikiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev vafot etdi

Сана: 05.09.2023 50 қайноқ

O‘zbekiston va Tojikiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev vafot etdi

O‘zbek madaniyati va san’ati og‘ir judolikka uchradi. San’at darg‘asi, millionlab ixlosmandlar qalbini zabt etgan buyuk xofiz, O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev uzoq davom etgan hastalikdan so‘ng 77 yoshida vafot etdi.

Sherali Jo‘rayev 1947-yilda Andijon viloyatining Asaka shahrida tug‘ilgan. 1971-yilda Toshkent teatr va rassomchilik institutining Aktyorlik san’ati yo‘nalishini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1972-yilda “Shodlik” ashula va raqs ansamblida xonanda sifatida boshlagan. Shuningdek, 1979-1986-yillarda Andijon viloyati filarmoniyasi xonandasi, 1986-1996-yillarda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi xonandasi, 1996-2017-yillarda “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi xonandasi, 2017-yilda shu kunga qadar “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi sifatida samarali ijod qilib kelayotgandi.

Buyuk xofiz o‘z ijodiy faoliyati davomida yuzlab o‘lmas qo‘shiqlar yaratdi, Sherali Jo‘rayev ijod maktabiga asos soldi, yuzlab shogirdlar chiqardi.

Xofizning mehnatlari munosib baholanib, 1981-yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni bilan, 1987-yilda “O‘zbekiston xalq artisti” faxriy unvoni bilan, 1991-yilda A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofoti bilan, 2018-yilda “Tojikiston xalq artisti” faxriy unvoni bilan, 2018- yilda “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni va 2022-yilda “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlandi.

Ustoz san’atkorning yaqinlari va muxlislariga chuqur ta’ziya izhor qilamiz.

Манзил:

Маъмурият билан алоқа

Сайт маълумотларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда, манба кўрсатилиши шарт.

Алоқа:

e-mail:info@popcorn.uz

Stop 00:00:00 Vol