Latofatli Loladan mega premyera – “Otmagay tong”

Сана: 24.03.2023 1333 қайноқ

Latofatli Loladan mega premyera – “Otmagay tong”

Latofatli Lola kuni kecha yangi ijod mahsulini taqdim qildi. Xonanda xalq qo’shig’iga aylangan “Otmagay tong”ni ijro qildi. Qo’shiq uchun noodatiy videoklip ham ishlangan.  “Dunyo beshigini ayol tebratadi” iborasi ushbu klipda mahirona tarzda aks ettirilgan. 

Lola bu safar ham o’z muxlislarini lol qoldirdi desak aslo mubolag’a bo’lmaydi. Ijodiy jamoaga to’xtaladigan bo’lsak, g’oya muallifi hamda rejissyori xonandaning o’zi. Tasvirchi Rustam Muradov.  Unda O’zbekiston xalq artistlari Rixsixon Ibrohimova, Aziza Begmatova, Nasiba Abdullayeva, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlar Noila Toshkenboyeva, Ra'no Shodiyeva, Nodira Hamrayeva, “Nihol” mukofoti sovrindori Lola, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan sportchilar  Iroda To’laganova, Oksana Chusovitina, Osiyo o’yinlari bronza medali sohibasi Asalya Saparbayeva, shuningdek Mukarramxon Azimova, Tatyana Kruglova, Zulfiya Sulton va boshqa qator yosh iste’dod egalari ishtirok etgan. Albatta tomosha qiling va fikr-mulohazalaringizni yozib qoldiring.

Манзил:

Маъмурият билан алоқа

Сайт маълумотларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда, манба кўрсатилиши шарт.

Алоқа:

e-mail:info@popcorn.uz

Stop 00:00:00 Vol