Dilnoz Hakimova birinchi marta xorazmcha qo‘shiq kuyladi!
Сана: 09.10.2025
338
қайноқ
Yakkaxon konsert dasturiga sanoqli kunlar qolgan xonanda Dilnoz yangi taronalar yozishda davom etmoqda. Kuni kecha u o‘zining navbatdagi ijod mahsuli haqida muxlislarga xabar berdi.
Bu safar tarona xorazmcha bo‘lib, Dilnoz ilk bor shu yo‘nalishda qo‘shiq kuylamoqda. Taronani yozish jarayonida unga mahoratli xonanda Xulkar Abdullayeva ustozlik qildi.
Ovoz yozish jarayoni yuqori kayfiyatda o‘tganini xonandaning o‘zi bo‘lishgan videoda ko‘rish mumkin. Ishonamizki, yangi tarona ham tinglovchilarga shunday iliq kayfiyat ulashadi.
Dilnozga ijodiy omad tilaymiz!