Rui Zamindan yangi tarona

Сана: 11.09.2025 6 қайноқ

Rui Zamindan yangi tarona

Xonanda Rui Zamin yangi taronasini taqdim etdi. "Seni sevay" deb nomlangan musiqiy asar ilk jarangidayoq iliq fikrlar bilan qarshi olindi.

Rui Zamin qo'shiqni taqdim etar ekan, uni yozilish tarixini ham bizga anglatdi.

"Bu qoʻshiq mening hayotimdagi alohida bir lahzada tugʻildi
Oʻtgan yili, oilamizdagi aziz insonni yoʻqotdik. Alloh rahmat qilsin ????

Oʻzbekistondan New -Yorkka qaytayotganimda, telefonda saqlangan oilaviy suratlar va yozuvlarni varaqlab qoldim
Shunda shoir Yulchi Ruziyevning «Seni sevay» she’riga koʻzim tushdi

She’rni oʻqir ekanman, qalbimda darhol ohang paydo boʻldi… Samolyotda diktofonga kuylab oldim, uyga qaytgach esa gitarada butun qoʻshiqni tugatdim
Shunday qilib, juda goʻzal va samimiy qoʻshiq dunyoga keldi
Umid qilamanki, qoʻshiq qalbingizga yetib boradi ????"

Xonanda aytganidek qo'shiq qisqa fursatlarda tinglovchilar qalbidan munosib joy egallaydi deb umid qilamiz. Albatta tinglang va baho bering

Манзил:

Маъмурият билан алоқа

Сайт маълумотларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда, манба кўрсатилиши шарт.

Алоқа:

e-mail:info@popcorn.uz

Stop 00:00:00 Vol