Benom guruhining “The best” konsertidan batafsil

Сана: 01.05.2023 978 қайноқ

 Benom guruhining “The best” konsertidan batafsil

Aprel oyining so’ngi 3 kunida  “Xalqlar do’stligi” saroyida Benom guruhi o’zining "The best” nomli yangi konsertini taqdim qildi. Jonli ijroda bo’lib o’tgan dasturda barcha tomoshabinlar  o’z nomi bilan “the best” konsertdan bahramand bo’lishdi.

Konsert 3 qismdan iborat bo’lib, dasturning asosini xit taronalar tashkil etadi. 10 yildan ortiq ijodi davomida Benom guruhi muxlislariga xaqiqiy shedevrlarni taqdim etganini yana bir bor guvohi bo’ldik.  Konsertda tomoshabinlar yig’lashdi, eslashdi, kulishdi. Dastur boshidan to oxirigacha qo’shiqlarni birga kuylashdi.

Konsert oldidan guruh yigitlari ushbu dastur boshqalaridan ham a’loroq bo’ladi deb va’da berishgan edi va buni ustidan chiqishdi. Ular yana bir karra muxlislarini hayratda qoldirishni uddalashdi.

Tan olish kerak, Benom guruhining konsert dasturlari boshqalarnikidan har doim farq qilib ketgan. Bo’lib o’tgan konsert ham so’zimizning yaqqol misoli bo’la oladi.

Konsertda bir nechta yangi qo’shiqlar ham premyera qilindi. Ulardan biri onalarga bag’ishlangan. Dasturda raqslarni Mo’jiza raqs ansambli ijro qildi.

Ha aytgancha Benom guruhining ushbu konsert dasturiga tusha olmaganlarga xushxabarimiz bor. Guruh yigitlari sahnada turib noyabrda o’tkazilishi rejalashtirilgan yangi kino-konsert haqida ma’lum qilishdi. Demak kuzda “Xalqlar do’stligi” saroyida yana muxlislar sevimli guruhi bilan birga kuylash imkoniga ega bo’ladi.

Манзил:

Маъмурият билан алоқа

Сайт маълумотларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда, манба кўрсатилиши шарт.

Алоқа:

e-mail:info@popcorn.uz

Stop 00:00:00 Vol